Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida viloyatdagi barcha toifadagi xo‘jaliklarda 491,7 ming tonna sut ishlab chiqarildi.
Mazkur ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan sut ishlab chiqarish hajmi 9,1 % ga oshganini ko‘rsatmoqda.
Chorvachilik tarmog‘ida kuzatilayotgan ushbu ijobiy natijalar viloyatda sut mahsulotlari ishlab chiqarish salohiyati yuksalib borayotganini hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash borasida muhim o‘rin tutayotganini tasdiqlaydi.




