03/08/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida Oltiariq tumanida asosiy kapitalga 710,2  mlrd so‘m investitsiya o‘zlashtirildi.

 Investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari tarkibida xorijiy investitsiyalar va kreditlar yetakchi o‘rinni egallab, jami investitsiyalarning 76,6 % ini tashkil etdi.

Shuningdek, investitsiyalar quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtirildi:

 aholi mablag‘lari — 11,9 %

 respublika budjeti mablag‘lari — 8,9 %

 korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari — 2,1 %

 tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari — 0,5 %.