2026-yilning yanvar–iyun oylarida Farg‘ona viloyatida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 25,6 trln so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 46,7 foizga ko‘p.
Moliyalashtirish manbalari:
To‘g‘ridan to‘g‘ri va boshqa xorijiy kreditlar — 20 853,0 mlrd so‘m;
Korxona mablag‘lari — 2 026,9 mlrd so‘m;
Aholi mablag‘lari — 1 508,7 mlrd so‘m;
Respublika budjeti — 718,7 mlrd so‘m;
Tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari — 342,6 mlrd so‘m;
O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar — 140,3 mlrd so‘m;
Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi — 53,9 mlrd so‘m.




