Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-iyul holatiga Furqat tumanida 980 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda. Tumanda 328,5 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib (109,3 %), 476,3 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatildi (118,2 %). Chakana savdo 106,6 %, ulgurji savdo 104,6 %, qurilish ishlari esa 99,4 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 123,6 % ni qayd etdi. Shuningdek, 821,5 mlrd so‘m investitsiya o‘zlashtirilib, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 1 trln 168,9 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi.
Tumanning doimiy aholisi 133 129 nafar bo‘lib, hisobot davrida 1310 ta tug‘ilish, 310 ta vafot, 277 ta nikoh, 82 ta ajralish, 273 nafar ko‘chib kelgan va 375 nafar ko‘chib ketgan aholi qayd etildi.




