06/08/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-iyul holatiga shaharda 7 214 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda. Hisobot davrida 6,3 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, fizik hajm indeksi 108,3 foizni tashkil etdi. |

Bozor xizmatlari hajmi 7,6 trln so‘mga yetib, 123,6 foizga o‘sdi. Chakana savdo aylanmasi 114,1 foizga, ulgurji savdo esa 143,7 foizga oshdi.

Qurilish ishlari hajmi 2,2 trln so‘mni, asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar esa 4,3 trln so‘mni tashkil etdi. Qishloq, o‘rmon va baliqchilik mahsulotlari hajmi 598,2 mlrd so‘mga yetdi.

Shaharning doimiy aholisi 337,6 ming kishini tashkil etib, 2 706 ta tug‘ilish, 893 ta vafot, 749 ta nikoh va 326 ta ajrim qayd etildi. Migratsiya ko‘rsatkichlariga ko‘ra, shaharga 2 837 kishi ko‘chib kelgan, 1 097 kishi esa boshqa hududlarga ko‘chib ketgan.