Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 10 116,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi.
Ushbu ko‘rsatkich viloyatda bajarilgan jami qurilish ishlarining 83,8 % ini tashkil etib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 18,5 % ga oshdi.
Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi eng yuqori ko‘rsatkichlar quyidagi hududlarda qayd etildi:
Beshariq tumani — 98,4 %;
O‘zbekiston tumani — 98,2 %;
Quvasoy shahri — 97,6 %.
Mazkur ko‘rsatkichlar qurilish sohasida kichik tadbirkorlik subyektlarining hududiy iqtisodiyotdagi faol ishtiroki yuqori ekanini ko‘rsatadi.




