Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida viloyat importi hajmi 884,0 mln AQSH dollarini tashkil etdi.
Import hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan 22,9 % ga oshdi.
Import tarkibida eng katta ulush:
Mashinalar va transport asbob-uskunalari — 30,4 %;
Mineral yoqilg‘i, yog‘lash moylari va shunga o‘xshash materiallar — 23,8 %;
Sanoat tovarlari — 15,9 %.
Mazkur uchta asosiy guruh jami import hajmining 70,1 % ini tashkil etdi.




