10/08/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida viloyatda ulgurji va chakana savdo, motorli transport vositalari va motosikllarni ta’mirlash faoliyati yo‘nalishiga 1 754,1 mlrd so‘m asosiy kapital investitsiyalari o‘zlashtirildi.

 Ushbu yo‘nalishga yo‘naltirilgan investitsiyalar viloyatda o‘zlashtirilgan jami asosiy kapital investitsiyalarining 6,8 % ini tashkil etdi.

 Mazkur ko‘rsatkich savdo va unga bog‘liq xizmatlar sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilayotgan investitsiyalar hajmining salmoqli ekanini ko‘rsatadi.