Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga 21 965,9 mlrd so‘m investitsiyalar o‘zlashtirildi.
Mazkur ko‘rsatkich jami asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning 85,7 foizini tashkil etib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 65,4 foizga oshdi.
Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining jami asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmidagi eng yuqori ulushi:
Quvasoy shahrida — 98,9 %
O‘zbekiston tumanida — 97,4 %
Yozyovon tumanida — 97,4 %
Toshloq tumanida — 96,7 % ni tashkil etdi.
Ushbu ko‘rsatkichlar hududlarda kichik tadbirkorlik subyektlarining investitsiya jarayonlaridagi faolligi yuqori ekanini ko‘rsatadi.




