11/08/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida viloyatda tashish va saqlash faoliyat turiga 715,2 mlrd so‘m asosiy kapital investitsiyalari o‘zlashtirildi.

 Mazkur yo‘nalishga yo‘naltirilgan investitsiyalar viloyatda o‘zlashtirilgan jami asosiy kapital investitsiyalarining 2,8 foizini tashkil etdi.

 Tashish va saqlash sohasiga kiritilayotgan investitsiyalar transport infratuzilmasini rivojlantirish, logistika xizmatlarini kengaytirish hamda hududning iqtisodiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.