13/08/2026

2026-yil yanvar–iyun oylarida Farg‘ona viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulotlar, ishlar va xizmatlar importi 724,2 mln AQSH dollarini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich viloyat jami importining 81,9 foiziga teng.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining importdagi ulushi eng yuqori ko‘rsatkichni:

Yozyovon
 Toshloq
 Furqat
 Dang‘ara tumanlarida qayd etdi.

 Mazkur hududlarning har birida kichik biznes subyektlari hissasiga jami importning 100,0 foizi to‘g‘ri kelgan.

Umuman, mazkur ko‘rsatkichlar kichik tadbirkorlik subyektlarining tashqi savdo faoliyatidagi ishtiroki va import jarayonlaridagi salmog‘i yuqori ekanini ko‘rsatadi.