20/08/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026- yilning 1- avgust holatiga Farg‘ona viloyatida chet el investitsiyalari ishtirokida jami 659 ta korxona faoliyat yuritmoqda.

 Ularning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha soni quyidagicha:

− savdo sohasida – 152 ta;

− sanoat sohasida – 289 ta;

− qurilish sohasida – 60 ta;

− axborot va aloqa sohasida – 40 ta;

− yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 24 ta;

− tashish va saqlash sohasida – 14 ta;

− qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 23 ta;

− sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 14 ta;

− boshqa sohalarda – 43ta.