20/08/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, hisobot davrida viloyatdagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan jami 905 007,8 tonna don yetishtirildi.

Viloyatda yetishtirilgan jami don hajmining eng katta ulushi

- Qo‘shtepa tumani - 9,7 % ni
- Rishton – 9,0 %
- Bag‘dod – 8,7 %
- Dang‘ara – 8,5 %
- Buvayda – 8,4 % ulush bilan yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etdi.

Aksincha, don yetishtirishning nisbatan kam ulushi

- Marg‘ilon shahrida – 0,0 %
- Qo‘qon sh - 0, 2 %
- Farg‘ona sh – 0,2 %
- So‘x tumanida – 0,3 % ni tashkil etdi.

2025-yilning mos davriga nisbatan don yetishtirish hajmining eng yuqori o‘sish sur’ati

- Qo‘qon shahrida – 164,2 % ni
- Farg‘ona shahrida – 140,3 %
- Bag‘dod tumanida – 126,7 %
- Quvasoy shahrida – 126,6 %
- Buvayda tumanida – 119,6 %
- Rishton tumanida – 118,7 % qayd etildi.