25/08/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, hisobot davrida viloyatdagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 163 886,4 tonna uzum yetishtirildi.

Yetishtirilgan uzumning eng katta qismi Qo‘shtepa tumani hissasiga to‘g‘ri kelib, viloyatdagi jami hajmning 39,8 foizini tashkil etdi.

Shuningdek, uzum yetishtirishda:

 Oltiariq — 15,9 %
 Dang‘ara — 8,3 %
 Rishton — 8,2 %
 Bog‘dod — 7,9 % ulush bilan yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etdi.

 O‘sish sur’atlarida ham ijobiy natijalar
2025-yilning mos davriga nisbatan uzum yetishtirishning eng yuqori o‘sish sur’atlari:

Farg‘ona shahri — 141,3 %
 Toshloq tumani — 125,0 %
 Yozyovon tumani — 124,2 %
Beshariq — 110,2 %
Uchko‘prik — 107,0 %
So‘x — 105,0 %
Quvasoy — 103,2 % darajasida qayd etildi.