Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 1-iyul holatiga viloyatdagi barcha toifadagi xo‘jaliklarda yirik shoxli qoramollar soni 975,1 ming boshni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,6 % ga ko‘p.
Shu davrda viloyatda sigirlar soni 306,4 ming boshga yetib, bir yil avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan 1,9 % ga oshgan.
Yirik shoxli qoramollar tarkibini xo‘jaliklar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak:
9,6 % — fermer xo‘jaliklari hissasiga;
89,1 % — dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga;
1,3 % — qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri keladi.
Sigirlar tarkibida esa:
13,7 % — fermer xo‘jaliklari;
84,2 % — dehqon va tomorqa xo‘jaliklari;
2,0 % — qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.




