Mustaqillik — yuksak qadriyat, mehnat esa uning munosib ifodasidir. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida xodimlarni rag‘batlantirish va ularning mehnatini e’tirof etishga qaratilgan tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida “Eng faol statistika xodimi” tanlovida faoliyati va tashabbuskorligi bilan ajralib turgan xodimlar yashirin ovoz berish natijalariga ko‘ra g‘olib deb topildi hamda tantanali ravishda taqdirlandi. Shuningdek, boshqarma hamda shahar va tuman statistika bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan boshqaruv xodimlariga esdalik sovg‘alari topshirildi.

E’tibor va g‘amxo‘rlik an’anasi davom ettirilib, yangi o‘quv yilida 1-sinfga qadam qo‘yadigan xodimlar farzandlariga ma’muriyat tomonidan tayyorlangan o‘quv qurollari jamlanmalari ham topshirildi.

Bunday e’tibor xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, jamoada samimiy muhitni mustahkamlash va har bir mehnatni munosib qadrlashga xizmat qiladi.

E’tirof — yangi marralar sari ilhom, rag‘bat esa yanada katta natijalar uchun kuch beradi!




