O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Farg‘ona viloyati statistika tizimida samarali mehnat qilayotgan xodimlarning faoliyati munosib taqdirlandi.

Xususan, Quva tumani statistika bo‘limi boshlig‘i V. Mirzayev, bosh mutaxassisi M. Olimov, O‘zbekiston tumani statistika bo‘limi boshlig‘i O. Abdullayev, Beshariq tumani statistika bo‘limi boshlig‘i F. Davlatov, Uchko‘prik tumani statistika bo‘limi boshlig‘i E. Shokirov hamda Buvayda tumani statistika bo‘limi boshlig‘i O. Mirzaakbarov ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.

Mazkur e’tirof statistika sohasida o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashib, aniq va ishonchli statistik ma’lumotlarni shakllantirish hamda tizim rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan xodimlarning mehnatiga berilgan yuksak bahodir.






