O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida xodimlarni qo‘llab-quvvatlash va bayram kayfiyatini ulashishga qaratilgan tadbir tashkil etildi.

Boshqarma ma’muriyati va kasaba uyushmasi tashkiloti tomonidan samarali mehnat qilayotgan bir guruh xodimlarga eng zarur oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat bayram sovg‘alari topshirildi.

Shuningdek, Mustaqillik bayrami munosabati bilan boshqarmaning barcha xodimlari uchun bayramona dasturxon yozilib, jamoaga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.

Bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, jamoada birdamlik va o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.



