03/09/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida viloyat iqtisodiyotining asosiy tarmoqlarida ijobiy o‘sish sur’atlari qayd etildi.

 Asosiy ko‘rsatkichlar:

 Sanoat ishlab chiqarishi — 8,4 % ga o‘sdi

 Qurilish ishlari hajmi — 19,5 % ga o‘sdi

 Chakana savdo tovar aylanmasi — 14,2 % ga o‘sdi

 Bozor xizmatlari hajmi — 16,6 % ga o‘sdi

 Tashqi savdo aylanmasi — 24,6 % ga o‘sdi

 2026-yil 1-avgust holatiga viloyatda fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari 39,9 mingta korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda.

 Raqamlar — Farg‘ona viloyatida iqtisodiy faollik, tadbirkorlik va xizmatlar sohasi izchil rivojlanayotganini ko‘rsatmoqda.