Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026- yil 1- sentabr holatiga viloyatda 39,9 mingta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda. Bunda dehqon va fermer xo‘jaliklari hisobga olinmagan.
Faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning 31,0 mingtasi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelib, ularning jami korxona va tashkilotlardagi ulushi 82,5 % ni tashkil etdi.
2025- yilning mos davriga nisbatan:
— faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar sonining o‘sish sur’ati — 106,4 %;
— kichik korxona va mikrofirmalar sonining o‘sish sur’ati — 97,7 % ni tashkil etdi.




