18/09/2026

Joriy yilning 17- sentabr kuni Yozyovon tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026- yil 10- sentabrdagi “Statistikani rivojlantirish – 2030” milliy strategiyasini tasdiqlash hamda ro‘yxatga olish ma’lumotlaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–190-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida o‘quv-seminari tashkil etildi.



Seminarda tumanda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari, Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i M. Rahimova hamda tuman statistika bo‘limi boshlig‘i A. Abdurahimov ishtirok etdi.

Seminar davomida ishtirokchilar biznesni ro‘yxatga olish tadbirini tashkil etish va o‘tkazishga oid normativ-huquqiy hujjatlar bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, ro‘yxatga olish jarayonida foydalaniladigan planshet qurilmasidagi elektron shakllarni to‘g‘ri to‘ldirish tartibi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.