18/09/2026

 2026- yil 17- sentabr kuni Quva tumanida biznesni ro‘yxatga olish tadbiriga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda jarayonga jalb etiladigan mas’ul xodimlarning amaliy ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminari tashkil etildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026- yil 10- sentabrdagi “Statistikani rivojlantirish – 2030” milliy strategiyasini tasdiqlash hamda ro‘yxatga olish ma’lumotlaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–190-son Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida o‘tkazildi.



O‘quv-seminarida tumanda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari, Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi hamda tuman statistika bo‘limi mutaxassislari ishtirok etdi.



Tadbir davomida biznesni ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazish tartibi, uning huquqiy asoslari hamda jarayonda amalga oshiriladigan vazifalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.



 Seminarning amaliy qismida ro‘yxatga olish jarayonida foydalaniladigan planshet qurilmalari va ulardagi elektron shakllar bilan ishlash tartibiga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilarga elektron shakllarni to‘g‘ri va to‘liq to‘ldirish, ma’lumotlarni kiritish hamda planshetdan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.

O‘quv-seminari davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan tegishli tushuntirishlar berildi.