Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida viloyatdan xorijiy mamlakatlarga 14,0 ming tonna uzum eksport qilindi.
Eksport qilingan uzumning umumiy qiymati 11,0 mln AQSH dollarini tashkil etdi.
Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning mos davrida eksport qilingan uzum hajmiga nisbatan joriy davrda 3,5 ming tonnaga ko‘p mahsulot xorijiy bozorlarga yetkazib berildi.




