18/09/2026

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026- yil 10- sentabrdagi “Statistikani rivojlantirish – 2030” milliy strategiyasini tasdiqlash hamda ro‘yxatga olish ma’lumotlaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–190-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘shtepa tumanida seminari tashkil etildi.

Seminarda Qo‘shtepa tumani hokimi A. Abdullayev, Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Zokirov, tuman statistika bo‘limi mas’ul xodimlari hamda mahallalarda faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari ishtirok etdi.

Tadbir davomida biznesni ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazish tartibi, jarayonda hokim yordamchilarining vazifalari hamda ro‘yxatga olish ishlarini sifatli tashkil etish bo‘yicha zarur tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollar muhokama qilinib, mutaxassislar tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.