18/09/2026

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026- yil 10- sentabrdagi “Statistikani rivojlantirish – 2030” milliy strategiyasini tasdiqlash hamda ro‘yxatga olish ma’lumotlaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–190-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Furqan  tumani hokimi yordamchilari ishtirokida seminar tashkil etildi.


 
Tadbirda  tuman hokimi o‘rinbosari Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi hamda tuman statistika bo‘limi mas’ul xodimlari qatnashdilar. Notiqlar biznesni ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazish tartibi huquqiy asoslari, jarayonda hokim yordamchilarining vazifalari hamda ro‘yxatga olish ishlarini sifatli tashkil etish bo‘yicha zarur tushuntirishlar berildi. Xususan, ma’lumotlarni to‘g‘ri va to‘liq kiritish, elektron shakllar bilan ishlash hamda planshetdan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.



Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollar muhokama qilinib, mutaxassislar tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.