18/09/2026

Ucko‘prik tumanida biznesni ro‘yxatga olish tadbiriga puxta tayyorgarlik ko‘rishga qaratilgan o‘quv-seminari tashkil etildi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026- yil 10- sentabrdagi “Statistikani rivojlantirish – 2030” milliy strategiyasini tasdiqlash hamda ro‘yxatga olish ma’lumotlaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–190-son Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida o‘tkazildi.



O‘quv-seminarida tumanda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari, Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi hamda tuman statistika bo‘limining mas’ul xodimlari ishtirok etdi.



Seminar davomida biznesni ro‘yxatga olish tadbirini tashkil etish va o‘tkazish tartibi, uning normativ-huquqiy asoslari, shuningdek, jarayon ishtirokchilari oldida turgan asosiy vazifalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.