18/09/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026- yilning yanvar–iyul oylarida viloyatdan xorijiy mamlakatlarga 27,1 ming tonna piyoz eksport qilindi. Eksport qilingan piyozning umumiy qiymati 9,3 mln AQSH dollarini tashkil etdi.

E’tiborlisi, piyoz eksportining jismoniy hajmi 2025- yilning mos davriga nisbatan 0,7 ming tonnaga ko‘paygan.

Mazkur ko‘rsatkich Farg‘ona viloyatida yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining xorijiy bozorlarga yetkazib berish hajmi ortib borayotganini ko‘rsatadi.

27,1 ming tonna eksport — bu o‘rtacha hisobda yilning dastlabki yetti oyida har kuni qariyb 128 tonna Farg‘ona piyozi xorijiy bozorlarga yo‘naltirilganini anglatadi.