Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida viloyatda ko‘rsatilgan transport xizmatlari hajmi 9 771,9 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Mazkur xizmatlarning o‘sish sur’ati 2025-yilning mos davriga nisbatan 123,1 foizni tashkil etib, 23,1 foizlik o‘sish qayd etildi.
Transport xizmatlari tarkibida avtotransport xizmatlari yetakchi o‘rinni egalladi. Ushbu yo‘nalishda ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 8 813,3 mlrd so‘mga yetdi.
Mazkur ko‘rsatkichlar viloyatda transport xizmatlari bozori izchil rivojlanib, yuk va yo‘lovchi tashish xizmatlari ko‘lami kengayib borayotganini ko‘rsatadi.




