Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tanlov e’lon qiladi.
Nomzodlarga talablar:
Iqtisodiyot yo‘nalishida oliy ma’lumot;
Iqtisodiyot sohasida kamida 3 yil yoki statistika tizimida 2 yillik ish staji;
Rahbarlik va tahliliy fikrlash ko‘nikmalari;
Word, Excel va PowerPoint dasturlarini mukammal bilish;
Davlat tilini mukammal bilish, xorijiy tillarni bilish ustunlik beradi;
Mas’uliyatlilik, halollik va tashabbuskorlik.
Asosiy vazifalar: Ro‘yxatga olish jarayonlarini samarali tashkil etish, statistik ma’lumotlarni tahlil qilish va sun’iy intellekt texnologiyalarini ish jarayoniga tatbiq etish.
Biz taklif etamiz: Raqobatbardosh ish haqi, ijtimoiy kafolatlar va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari.
Rezyume yuborish: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Murojaat uchun: 90-163-31-25




