Farg‘ona viloyatida yirik shoxli qoramollar soni 1 009,4 ming boshni tashkil etdi. Mazkur ko‘rsatkichning o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 103,7 foizga yetdi.
Yirik shoxli qoramollar xo‘jalik toifalari bo‘yicha:
Fermer xo‘jaliklari — 98,6 ming bosh
Dehqon va tomorqa xo‘jaliklari — 892,0 ming bosh
Qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar — 18,8 ming bosh
Jami qoramollarning 314,8 ming boshini sigirlar tashkil etib, ularning soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,7 foizga oshdi.
Sigirlar soni xo‘jalik toifalari kesimida:
Fermer xo‘jaliklari — 44,7 ming bosh
Dehqon va tomorqa xo‘jaliklari — 261,6 ming bosh
Qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar — 8,5 ming boshga to‘g‘ri keldi.




