14/06/2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5655-sonli farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli Qarorining bajarilishi yuzasidan joriy yilning 14- iyun kuni Bag‘dod tumani yoshlarni kasbga o‘rgatish monomarkazi jamoasi ishtirokida seminar o‘tkazildi. Seminarda tuman statistika bo‘limi mutaxassisi K. Imomov qatnashib, u o‘z so‘zida, aholini ro‘yxatga olish tadbiri mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi haqidagi to‘liq va ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash,mehnat resurslarini o‘rganish uchun katta manbaa ekanligi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

 

Axborot xizmati.