Joriy yilning 17-iyun kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari E. Тashbekov, Farg‘ona tumani statistika bo‘limi boshlig‘i J.Xasanov hamda shu bo‘lim mutaxassisi Sh.Komilov ishtirokida Farg‘ona tumanida «Iste’mol narxlari indeksi» kuzatuvining oziq-ovqat mahsulotlari guruhi bo‘yicha tanlanma kuzatuvga tushgan savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlariga borib, narxlarning ko‘rsatkichlari va ularning shaffofligini kuzatdilar hamda narx-navolarning o‘zgarish sabablari yuzasidan suhbatlashishdi.
Shuningdek, kuzatuv jarayonida hududlardagi real narxlarni kuzatish, kuzatuv o‘tkazish vaqtlari, tartiblari bo‘yicha hududiy statistika bo‘limi narxlarni ro‘yxatga oluvchi xodimlariga tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Kuzatuvlar davom etmoqda.
Axborot xizmati.