Joriy yilning 17 – iyun kuni barcha joylardagi kabi Bag‘dod tumani Tadbirkorlar uyi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi 710-sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarorining bajarilishi yuzasidan o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda tuman statistika bo‘limining mutaxassisi K.Imomov ishtirok etib, u o‘z so‘zida ishtirokchilarga ro‘yxatga olish 2023-yil 1 — 25-noyabr kunlari o‘tkazilishi va ro‘yxatga olishni jarayoni — 25 kun davom etishi haqida gapirdi.
Aholini ro‘yxatga olish tadbiri aholi soni, yashash sharoiti, ma’lumoti, bandligi, yoshi, jinsi, millat tarkibi, respublika hududida aholining joylashuvi shu va boshqa ma’lumotlarni berdi.
Axborot xizmati