Joriy yilning 18- iyun kuni Toshloq tumani Davlat xizmatlari binosida tumanga qarashli mahalliy davlat tashkilotlari va iqtisodiy tarmoqlar xodimlari ishtirokida 2021- yil 2-chorak yakunlari bo‘yicha taqdim etiladigan choraklik statistik hisobotlar, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xato va kamchiliklar, ularni bartaraf etish chora-tadbirlari hamda yangi ishga tushirilgan E-stat 4.0 avtomatlashtirilgan elektron tizim bo‘yicha seminar trening bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasiтштп “Demografiya va mehnat statistikasi” bo‘limi boshlg‘ining o‘rinbosari M.Axmedova qatnashib, ishtirokchilarga yangilangan E-stat 4.0 avtomatlashtirilgan elektron tizimi bo‘yicha atroflicha tushuncha berib, bozor iqtisodiyot talablariga xalqaro me’yorlar va standartlariga muvofiq, byurokratik g‘ovlarni (korruptsiyaga qarshi) bartaraf etish, lisenziya va ruxsat berish tartib-taomillarni qisqartirish va soddalashtirish, hisobot tizimini va hisobotlarni taqdim etish tartibini tubdan takomillashtirish hisobiga ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun maksimal darajada sharoit yaratish maqsadida E-stat 4.0 avtomatlashtirilgan elektron tizim joriy etilganligi ayni muddao bo‘lganligi haqida so‘z yuritdi.
Axborot xizmati.