22/06/2021

Joriy yilning 22- iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710- sonli Qarorining bajarilishi yuzasidan Furqat tumani statistika bo‘limi mutaxassisi U.Yusufjonov  ishtirokida “Navbahor” mahallasining sxematik xaritasini o‘rganish jarayonlari olib borildi. O‘rganish jarayonida aholi punktlari va ko‘chalar nomi belgilarini o‘rnatish, xonadon va uylarni to‘liq raqamlash ishlarini shakillantrish bo‘yicha amaliy ko‘mak berildi. Bundan tashqari u aholiga aholini ro‘yxatga olishning bosh maqsadi aholini farovonligini ta’minlash, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini amalga oshirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, aholi bandligini ta’minlash shu va boshqa masalalar bo‘yicha tushunchalar berdi.

 

photo2021-06-2217-16-00
photo2021-06-2217-15-56
photo2021-06-2217-16-08
photo2021-06-2217-16-00 photo2021-06-2217-15-56 photo2021-06-2217-16-08

Furqat tumani statistika bo‘limi.