Joriy yilning 23-iyun kuni O‘zbekiston tumanida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorning mohiyati va mazmunini tushintirish bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Seminrani O‘zbekiston tumani statistika bo‘limi boshlig O. Abdullayv ochib, ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olish jarayoni mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilayotgani, bu jarayon 3- bosqichda o‘tkazilishi haqida to‘xtaldi. U xususan, aholini ro‘yxatga olish jarayoni natijalari asosida aholi turmush darajasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, onalar va bolalar salomatligini yaxshilash, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda katta manbaa ekanligi haqida keng va atroflicha tushuntirib berdi.
Axborot xizmati.