24/06/2021

Davra suhbatida, Korruptsiya iqtisodiyot rivoji, chinakam qulay tadbirkorlik va investitsiya muhiti uchun eng asosiy to‘siqlardan biridir. Tahlillarga ko‘ra, bu illat jahon iqtisodiyotiga har yili o‘rtacha 2,6 trillion dollar zarar keltiradi.

Mamlakatimiz ham muammodan xalos bo‘lmagan. Dunyodagi korruptsiya darajasini o‘rganuvchi Transparency International xalqaro tashkiloti indeksida O‘zbekiston oxirgi uch yilda 12 pog‘onaga ko‘tarilgan bo‘lsada, hali bu illat barham topmaganligi to‘g‘risida so‘z yuritildi.

korrupt2
korrupt1
korrupt2 korrupt1

Shuningdek davra suxbatida korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki komissiya ishini faollashtirish lozimligi, sohada huquqbuzarliklar sabablari va shart-sharoitlarini tag-tomiri bilan yo‘q qilish davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining eng muhim vazifasi ekanligiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Hozirda jamoatchilik bilan ishlash tizimi joylarda va sohalarda xalqimizni qiynayotgan masalalarni davlat miqyosiga olib chiqib, hal qilishda natija ko‘rsata olmayapti. Ko‘p nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati rasmiyatchilikdan iborat bo‘lib qolmoqda.

Shu bilan birga, xodimlar tomonidan amaldagi qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya etishlari va sodir etilishi mumkin bo‘lgan qonun buzilishi holatlarini oldini olish borasida doimiy ravishda maxsus seminarlar, davra suhbatlari va tushuntirish ishlarini davom ettirilmoqda

Davra suhbatida viloyat statistika boshqarmasi hodimlari qatnashdilar.