O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligiga aholini ro‘yhatga olish uchun zarur bo‘lgan miqdorda tuman va shaharlar ma’muriy-hududiy xaritalarining kartografik-sxematik materiallarini tayyorlash vazifasi yuklatilgan.
Chunonchi, joriy yilning 28-iyun kuni viloyat statistika boshqarmasi mutaxassisi G‘.Mamajonov, kadastr agentligining Marg‘ilon bo‘limi boshlig‘i Q.Azizovlar tomonidan Marg‘ilon shahar “Terak-tagi” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan ko‘chalarning nomlari, xonadon tartib raqamlarini to‘liq shakillantrish bo‘yicha mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlari bilan hamkorlikda ishlarni amalga oshirmoqda.
Axborot xizmati