Выберите любой текст и нажмите на иконку, чтобы прослушать!

01/07/2021

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-martdagi "Davlat tashkilotlari xodimlarining xuquqiy savodxonligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 134-sonli qarori qabul qilindi

"Xuquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Konunining 7-moddasida vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar o‘z soha faoliyatiga doir normativ-huquqiy xujjatlar mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish, jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha zarur ishlarni tashkil etishi belgilangan.

Ushbu qarorda Davlat xizmatining yagona elektron-axborot tahlil tizimi orqali davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi darajasini oshirish bo‘yicha o‘qitish va baholab borish (har 3 yilda 1 marta) tizimi joriy etiladi.

- davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi darajasini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturi, materiallar va test savollari bazasini shakllantiradi;

- davlat tashkilotlari xodimlarning huquqiy savodxonligi darajasini baholaydi va monitoring qiladi;

- yuqori ko‘rsatkichga erishgan davlat tashkilotlarining ijobiy tajribalarini boshqa tashkilotlar faoliyatiga ham joriy etadi;

- salbiy natijalar qayd etgan idoralar va hududlarda buning sabablarini bartaraf etish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma va takliflar ishlab chiqadi;

Davlat tashkilotlariga baholashdan o‘tmagan xodimlarining o‘qitilishi va qayta baholashdan o‘tkazilishiga oid ko‘rsatma beradi.

 Hukumatga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga tahliliy maʼlumotlar kiritib boradi.

 Davlat tashkilotlari: elektron platformaga joylashtirilgan o‘quv materiallari asosida o‘z xodimlarining mustaqil ravishda (ishdan ajralmagan holda) o‘qishlarini taʼminlaydi.

 

Huquqiy savodxonligi bo‘yicha MINIMАL TАLАBLАR:

-Konstitutsiya;

-“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun

-Korruptsiyaga qarshi kurashishga oid qonunchilik hujjatlari;

-Jinoyat va Maʼmuriy javobgarlikka oid qonunchilik hujjatlari;

-Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari;

-lex.uz sayti bilan erkin ishlay olish ko‘nikmalari.

 

Quyidagi xodimlar baholashdan o‘tkaziladi:

 

davlat boshqaruvi organlari markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy bo‘linmalari, tizimidagi tashkilotlar rahbarlari, o‘rinbosarlari va boshqaruv xodimlari;

viloyat darajasidagi hokimlarning o‘rinbosarlari, tuman (shahar) hokimlari, ularning o‘rinbosarlari, hokimliklar tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari, o‘rinbosarlari va boshqaruv xodimlari.

Davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi minimal talablar asosida tuziladigan test sinovlari orqali baholanadi.

 

We are offline - Send us an email
Sorry, we are not online at the moment. Leave a message and we will get back to you.
Please give us some info to serve you better.
×
File size larger than 50 Mb
×
File type not allowed
Send chat transcript to your email:
×
Transcript sent!
Are you sure you want to close this chat?
Thank you. We would appreciate it if you could rate this chat

No, thanks
Выбирайте и слушайте