Barchamizga ma’lum mamlakatimizda 2023- yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha joylarda o‘quv seminarlari bo‘lib o‘tmoqda.
Chunonchi, joriy yilning 1-iyul kuni Bag‘dod tumani dehqon bozori jamoasi ishtirokida seminar o‘tkazildi. Seminarda tuman statistika bo‘limi mutaxassisi K.Imomov qatnashdi. U so‘zga chiqib, aholini ro‘yxatga olish tadbiri mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi haqidagi to‘liq va ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, mehnat resurslarini o‘rganish uchun katta manbaa ekanligi va ushbu ma’lumotlarni yagona axborot tizimiga kiritilishi haqida ma’lumot berdi.
Axborot xizmati