Bu belgi ikkilamchi - mavsumiy va bo‘sh uy-joylar hamda ro‘yxatga olish qamroviga kirmagan yashovchilari bor turar joylar haqida maʼlumot to‘planishi mumkin bo‘lganligi bo‘yicha xususiyatlarga taalluqli. O‘lchanuvchi xususiyatlarning xili va soni mamlakatlarning individual ehtiyojlari va qabul qilingan metodologiyaga bog‘liq.
Aksar belgilar band bo‘lgan anʼanaviy turar joylarga tegishli. Biroq, barcha anʼanaviy turar joylarning eng kamida baʼzi asosiy xususiyatlari to‘g‘risida maʼlumot to‘plashga qiziqish mavjud bo‘lishi mumkin. “Аnʼanaviy turar joylarning bandlik maqomi” asosiy belgisini hisobga olishda barcha anʼanaviy turar joylarning, jumladan, ikkilamchi va vakant turar joylar, ro‘yxatga olish qamroviga kirmagan yashovchilari bor turar joylarning miqdori hisob-kitob qilinadi. Аmmo, umumiy miqdorga qo‘shimcha ravishda baʼzi mamlakatlar boshqa xususiyatlar haqida maʼlumot to‘plashni istashi mumkin, turar joy fondi haqida yanada batafsil maʼlumot olishga imkoni bo‘lishi uchun. Bunday xususiyatlar quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin, masalan:
- a) Xonalar soni va polning foydali maydoni;
- b) Qulayliklar, masalan, suv taʼminoti tizimi, hojatxona, yuvinish jihozlari, kanalizatsiya tizimi va oshxona ;
- v) Tuzilish turi, bino ichidagi joy holati va binodagi qavatlar soni;
I.Bozorboyev,
Buvayda tumani statistika bo‘limi boshlig‘i