13/07/2021

Joriy yilning 13-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli Qarorining bajarilishi yuzasidan viloyat statistika boshqarmasi bosh mutaxassisi U.Mahmudov ishtirokida Qo‘shtepa tumani “Langar” MFYning  kartografik xaritasini o‘rganish jarayoni olib borildi. O‘rganish jarayonida U.Mahmudov tomonidan ko‘cha nomlari, xonadon tartib raqamlarini to‘liq shakillantrish bo‘yicha amaliy ko‘mak berildi. Bundan tashqari u aholini ro‘yxatga olish 2023-yil 1 — 25-noyabr kunlari o‘tkazilishi,  respondentlar yashaydigan turar joylarga tashrif buyurgan holda uyma-uy yurib so‘rov o‘tkazish orqali amalga oshirilishi haqida  to‘xtalib o‘tdi.

photo2021-07-1318-46-08
photo2021-07-1318-46-06
photo2021-07-1318-45-58
photo2021-07-1318-46-04
photo2021-07-1318-46-08 photo2021-07-1318-46-06 photo2021-07-1318-45-58 photo2021-07-1318-46-04

Axborot xizmati.