14/07/2021

Joriy yilning 14-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli Qarorining bajarilishi yuzasidan Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi mutaxassisi  U.Mahmudov, hamda Toshloq tumani statistika bo‘limi mutaxassislari M.Ahrorovlar ishtirokida “Sadda” mahallasining sxematik xaritasini o‘rganish jarayonlari olib borildi. O‘rganish jarayonida aholi punktlari va ko‘chalar nomi belgilarini o‘rnatish, xonadon va uylarni to‘liq raqamlash ishlarini shakillantrish bo‘yicha amaliy ko‘mak berildi. Bundan tashqari ular  aholiga aholini ro‘yxatga olishning bosh maqsadi aholini farovonligini ta’minlash, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini amalga oshirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, aholi bandligini oshirish dasturini ishlab chiqish, Milliy maqsadlar indikatorlarini shakllantrish  va boshqa masalalar bo‘yicha tushunchalarni berdi.

photo2021-07-1509-57-13
photo2021-07-1509-57-45
photo2021-07-1509-57-47
photo2021-07-1509-57-06
photo2021-07-1509-57-13 photo2021-07-1509-57-45 photo2021-07-1509-57-47 photo2021-07-1509-57-06

Axborot xizmati