Joriy yilning 15-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli Qarorining bajarilishi yuzasidan viloyat statistika boshqarmasi bosh mutaxassisi U.Mahmudov ishtirokida “Tinchlik” MFYning sxematik xaritasini o‘rganish jarayoni olib borildi. O‘rganish jarayonida U. Mahmudov tomonidan mahalla xaritasibilan mahallada joylashgan uy xo‘liklarini taqqoslash, ko‘cha nomlari, xonadon tartib raqamlarini shakillantrish bo‘yicha amaliy ko‘mak berildi. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli Qarori haqida tushunchalar berib o‘tdi.
Axborot xizmati.