Joriy yilning 19- iyul kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari E. Тashbekov hamda Qo‘qon shahar statistika bo‘limi boshlig‘i D. Mamasodiqov ishtirokida har oyning 10-20 sanalarida o‘tkaziladigan «Iste’mol narxlari indeksi» kuzatuvining oziq-ovqat mahsulotlari guruhi bo‘yicha dislokatsion nuqtalarga chiqib, narxlarning ko‘rsatkichlari va ularning shaffofligini kuzatdilar hamda narx-navolarning o‘zgarish sabablari yuzasidan suhbatlashishdi.
Shuningdek, kuzatuv jarayonida hududlardagi real narxlarni kuzatish, kuzatuv o‘tkazish vaqtlari, tartiblari bo‘yicha hududiy statistika bo‘limlariga tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Kuzatuvlar davom etmoqda.