23/07/2021

Joriy yilning 23-iyul kuni Oltiariq tumaniga qarashli 5- maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorning mohiyati va mazmunini tushintirish bo‘yicha seminar tashkil etildi.

photo2021-07-2319-04-45
photo2021-07-2319-04-41
photo2021-07-2319-04-48
photo2021-07-2319-04-45 photo2021-07-2319-04-41 photo2021-07-2319-04-48

Seminrani Oltiariq tumani statistika bo‘limi  bosh mutaxassisi B.Siddiqov ochib, ishtirokchilarga  bu jarayon 3- bosqichda o‘tkazilishi haqida to‘xtalib, aholini ro‘yxatga olish jarayoni natijalari asosida aholi turmush darajasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, onalar va bolalar salomatligini yaxshilash, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda katta manbaa ekanligi haqida axborot berdi.

Axborot xizmati.