24/07/2021

Joriy yilning 24- iyul kuni Bag‘dod tumani pensiya jamg‘armasi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi  “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish  chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710- sonli qarorining bajarilishi yuzasidan o‘quv seminari tashkil etildi.

photo2021-07-2417-50-39
photo2021-07-2417-50-36
photo2021-07-2417-50-42
photo2021-07-2417-50-39 photo2021-07-2417-50-36 photo2021-07-2417-50-42

Bag‘dod tumani statistika bo‘limi mutaxassisi  K.Imomov  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini  ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorning mohiyati va mazmuni tushuntirar ekan, u xususan, aholini ro‘yxatga olish jarayoni natijalari asosida aholi turmush darajasini yaxshilash, mehnat resurslari, aholi bandligini ta’minlash, onalar va bolalar salomatligini yaxshilash, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha  manzilli dasturlarni ishlab chiqishda  katta  manbaa ekanligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Axborot xizmati.