29/07/2021

Joriy yilning 27-iyul  kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi mutaxassisi  Sh.Xalimova, hamda Bag‘dod tumani “Ittifoq” mahalla raisi V.Qodirovlar ishtirokida “Ittifoq” mahallasining sxematik xaritasini o‘rganish jarayonlari olib borildi. O‘rganish jarayonida aholi punktlari va ko‘chalar nomi belgilarini o‘rnatish, xonadon va uylarni to‘liq raqamlash ishlarini shakillantrish bo‘yicha amaliy ko‘mak berildi. Bundan tashqari aholi o‘rtasida aholini ro‘yxatga olishning bosh maqsadi aholini farovonligini ta’minlash, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini amalga oshirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, aholi bandligini ta’minlash masalalari bo‘yicha targ‘ibot ishlarini amalga oshirildi.

photo2021-07-2913-26-28
photo2021-07-2913-26-24
photo2021-07-2913-26-32
photo2021-07-2913-26-28 photo2021-07-2913-26-24 photo2021-07-2913-26-32

Axborot xizmati