30/07/2021

Joriy yilning 29-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan viloyat statistika boshqarmasining mutaxassislari U.Mahmudov, B.Ahadjonov hamda viloyat kadastr boshqarmasi xodimlari hamkorligida Dang‘ara tumani “G‘umoyli” MFYning sxematik xaritasini o‘rganish jarayoni o‘tkazildi. O‘rganish jarayonida mahallada joylashgan uy xo‘jaliklari birma-bir ko‘rib chiqildi va ko‘cha nomlari, xonadon tartib raqamlarini to‘liq shakllantirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi. Bundan tashqari, aholiga ushbu qarorning mazmun va mohiyati hamda belgilab qo‘yilgan vazifalar haqida tushunchalar berishdi.

photo2021-07-3009-51-18
photo2021-07-3009-51-16
photo2021-07-3009-51-13
photo2021-07-3009-51-21
photo2021-07-3009-51-18 photo2021-07-3009-51-16 photo2021-07-3009-51-13 photo2021-07-3009-51-21

Axborot xizmati.