Joriy yilning 3-avgust kuni viloyat statistika boshqarmasida tasdiqlangan media-rejaga asosan 2021-yilning 6 oyi yakuni bo‘yicha viloyatning qishloq ho‘jaligi sohasidagi ko‘rsatkichlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26- fevraldagi “Qishloq xo‘jaligi sohasida statistik maʼlumotlar bazasini kengaytirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 104-sonli qarorining mazmun va mohiyati bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Matbuot anjumanida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari А. Аʼzamov ishtirok etdi.
Birinchi masala, 2021-yilning 6 oyi yakuni bo‘yicha viloyatning qishloq ho‘jaligi sohasidagi ko‘rsatkichlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari E. Tashbekovning hisoboti tinglandi. Hisobot davrida qishloq xo‘jaligining barcha sektorlarida amalga oshirilgan ishlar hamda 6 oylik iqtisodiy korsatkichlar bo‘ycha axborot berdi.
Ikkinchi masala, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26- fevraldagi “Qishloq xo‘jaligi sohasida statistik maʼlumotlar bazasini kengaytirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 104-sonli qarorining mazmun va mohiyati yuzasidan Davlat statistika qo‘mitasi qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari А. Аʼzamov so‘zga chiqib, qishloq xo‘jaligi faoliyatining turli tavsiflari to‘g‘risida, xalqaro taqqoslana oladigan ishonchli, xolis va ochiq maʼlumotlarni yagona statistik metodlar asosida yig‘ish maqsadida amalga oshirilishi, qishloq xo‘jaligida ro‘yxatdan o‘tkazish natijasida shakllanadigan maʼlumotlar, soha uchun shaffof va xolis manba hisoblanishi, shuningdek, ushbu maʼlumotlar kelgusida qishloq xo‘jaligining bir necha yillik istiqbolli rivojlanishi uchun ishonchli zamin yaratishi, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha siyosiy va boshqaruv qarorlarini qabul qilishda muhim omil bo‘lib xizmat qilishi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Shundan so‘ng muzokaralar boshlandi. Yuqoridagi masalalar bo‘yicha ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda jurnalist va blogerlarni qiziqtirgan savollariga keng va atroflicha javob berildi.
Axborot xizmati.